Parazitologiya bo‘limi laboratoriyasida sentrifuga

Sanepidqo‘mita Qarshi tuman boʻlimi Parazitologiya bo‘limi laboratoriyasida sentrifuga biologik namunalarni parazitologik tekshiruvga tayyorlash va parazitlarni aniqlash imkoniyatini oshirish uchun ishlatiladi.

Sentrifuga nima maqsadda ishlatiladi?

1.Najas namunasini tekshirish:
Najas tarkibidagi gijja tuxumlari, lichinkalar va ayrim sodda organizmlarning kistalarini cho‘kma yoki boshqa fraksiyalarda to‘plash uchun ishlatiladi. Bu ularni mikroskopda aniqlashni osonlashtiradi.
2.Namunalarni ajratish va konsentratsiyalash.

Sentrifuga qanday ishlaydi?

1.Tekshiriladigan namuna maxsus sentrifuga probirkasiga solinadi.
2.Probirkalar mos ravishda joylashtirilib, belgilangan tezlik va vaqt davomida aylantiriladi.
3.Markazdan qochma kuch ta’sirida namuna tarkibidagi qismlar ajraladi.
4.Hosil bo‘lgan cho‘kma yoki kerakli qatlam olinib, mikroskopda tekshiriladi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum