Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha islohotlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

🤝 Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning JSTga kirish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida xalqaro ekspert A. Vasilenko ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

📅 Jumladan, 3–7 noyabr kunlari

“Xalqaro talablar — oziq-ovqat gigiyenasi va xavfsizligi sohasidagi yangi sanitariya qoidalari asosi sifatida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilgan.

➡️Seminarlarda sanitariya-gigiyena qoidalarini Alimentarius Kodeksi standartlariga moslashtirish, yangi SanQvaNlarni amaliyotga joriy etish va davlat hamda biznes subyektlarining tayyorgarligini baholash masalalari muhokama qilinmoqda.

🪄Tadbirlar natijasida mutaxassislar xalqaro amaliyotlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati