O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI

O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARI

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari — oshqozon va ichak faoliyatini buzadigan, tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklardir. Ular ko‘pincha iflos qo‘l, sifatsiz ovqat va toza bo‘lmagan suv orqali yuqadi.

⚠️ Asosiy belgilari:

•Ich ketishi;
•Ko‘ngil aynishi va qusish;
•Qorin og‘rig‘i;
•Isitma ko‘tarilishi;
•Holsizlik va suvsizlanish.

🚫 Kasallikning kelib chiqish sabablari:

• Qaynatilmagan suv iste’moli;
• Yuvilmagan meva-sabzavotlar;
• Muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari;
• Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik.

✅ Oldini olish choralari:

🧼 Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish;
💧 Faqat toza va qaynatilgan suv ichish;
🥗 Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
🍲 Ovqatlarni to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish;
🪰 Oziq-ovqatlarni hasharotlardan himoya qilish.

👨‍⚕️ Kasallik belgilari kuzatilsa, o‘zini-o‘zi davolamasdan shifokorga murojaat qiling!
🌿 Sog‘lom turmush va gigiyena — salomatlik garovi!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum