Ortiqcha vaznning sog‘liqqa ta’siri
Ortiqcha vazn nafaqat tashqi ko‘rinishni o‘zgartiradi, balki insonning ichki a’zolari faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng avvalo,yurak-qon tomir tizimi jabr ko‘radi. Yurak ortiqcha vaznni ta’minlash uchun ko‘proq ishlashi kerak bo‘ladi, bu esa gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari va insult xavfini oshiradi.
Shuningdek,qandli diabet, ayniqsa II turdagi diabet, semizlik bilan bevosita bog‘liq. Ortiqcha vaznli odamlarda organizm insulin garmoniga nisbatan sezuvchanligini yo‘qotadi, bu esa qand darajasining ortishiga olib keladi. Skelet-mushak tizimi ham ortiqcha yuk ostida qoladi, ayniqsa tizzalar va bel sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Ortiqcha vazn shuningdek, nafas olish muammolariga, uyqu apnesi,jigar yog‘lanishi, ayrim saraton turlarining rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi.
Ruhiy salomatlik ham bu muammodan chetda qolmaydi.Semizlik depressiya, past o‘z-o‘ziga baho, ijtimoiy chetlashuv kabi psixologik muammolarga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda odamlar ortiqcha vazndan qutilishga urinib, radikal dietalar yoki zararli dori vositalariga murojaat qilishi mumkin, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum