O‘lat — bu o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, uni Yersinia pestis bakteriyasi qo‘zg‘atadi.
📌 Yuqish yo‘llari:
🚫 Zararlangan burgalar chaqishi orqali.
🐁 Kasallangan kemiruvchilar (sichqon, kalamush) orqali.
♦️ Og‘ir shaklida — havo-tomchi yo‘li (o‘pka o‘lati).
Asosiy shakllari:
1. Bubonli o‘lat – limfa tugunlari kattalashadi, og‘riqli shishlar paydo bo‘ladi.
2. O‘pka o‘lati – eng xavfli turi, og‘ir pnevmoniya bilan kechadi, havo orqali tez yuqadi.
3. Sepsisli o‘lat – qon orqali butun tana zararlanadi, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum