OIV — infeksiyasining onadan bolaga yuqishini oldini olish

OIV (Odam immun tanqisligi virusi) infeksiyasining onadan bolaga yuqishi uch xil yo‘l bilan bo‘lishi mumkin: homiladorlik davrida, tug‘ruq vaqtida yoki emizish davrida.

1. Homiladorlik davrida:

Antiretrovirus terapiyasi (ARVT) – OIV bilan yashovchi homilador ayol maxsus dorilarni muntazam qabul qilsa, bolaga yuqish xavfi 30–40% dan 1–2% gacha kamayadi.

2. Tug‘ruq vaqtida:

OIV yuqtirgan ayollar uchun ko‘pincha kesarcha kesish tavsiya etiladi, chunki tabiiy tug‘ruqda virus yuqish xavfi yuqoriroq bo‘ladi.

3. Tug‘ruqdan keyin:

OIV yuqishi xavfini kamaytirish uchun imkon bo‘lsa, sun’iy oziqlantirish tavsiya qilinadi.

 

https://t.me/sanepidqom_qarshitum