Oʻzbek milliy liboslari- bu nafaqat gʻoʻzallik,balki xalqimizning asriy an’analari,madaniy merosi va milliy gʻururining yorqin timsolidir!
Viloyat hokimining 2025-yil 10-fevraldagi 59-0-4-Q/25-sonli «Qashqadaryo viloyatida milliylikni keng targʻib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori munosabati bilan Sanepidqoʻmitaning Qarshi tuman boʻlimi xodimlari oʻrtasida «Milliy liboslar kuni» tashkil etildi.
Sanepidqoʻmitaning qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I.Mashtinov barcha ishchi xodimlar bilan Milliy liboslar,milliy qadriyatlarimiz haqida suhbat oʻtkazdilar.
Bunda,haftaning har juma kuni milliy libosda boʻlish kerakligi,milliylikni,milliy liboslarimizni keng targʻib qilish,urf-odat va anʼanalarimizni,milliy qadriyatlarimizni kelajak yoshlarga yetkazish toʻgʻrisida fikrlar almashildi..
https://t.me/sanepidqom_qarshitum