Mevazor MFYda mahallabay tizimida ishlar olib borildi

📌 Bugungi kunda mamlakatimizda aholining turmush darajasini yaxshilash, muammolarini joyida hal qilish maqsadida yangicha mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu sababli Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan mahallabay ishlash tizimida  Mevazor MFYda aholi orasida  yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish va aholidan tushgan murojaatlarni oʻrganib, joyida hal qilish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi.

📌Jumladan:
📌Botulizmning oldini olish maqsadida aholiga uy sharoitida konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri tayyorlash va saqlash qoidalari tushuntirildi.
📌Bundan tashqari gijja kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘lni sovun bilan muntazam yuvish, oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌Virusli gepatit kasalligidan himoyalanish, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish, tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish va emlashning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
📌Shuningdek Qrim-kongo gemorragik isitma kasalligi haqida va kana chaqishidan saqlanish toʻgʻrisida;
Qizamiq kasalligi va uning profilaktikasi, milliy emlash kalendari asosida emlashlarini oʻz vaqtida olish kerakligi toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum