Mevalar nafaqat mazali, balki sog‘liq uchun juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega.
1.Yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita
✅Ba’zi mevalar (ayniqsa gilos, malina, ko‘k meva, ananas) tanadagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga yordam beradi. Ular tarkibida antioksidantlar va flavonoidlar bo‘lib, artrit, yurak kasalliklari yoki hatto saraton xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
2. Ichki mikroflorani yaxshilaydi
✅Olma, kivi, nok kabi mevalar prebiotik tolalarga boy bo‘lib, ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantiradi. Bu ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi va immunitetni kuchaytiradi.
3. Ruhiy holatni yaxshilayd
✅Apelsin-serotonin (baxt gormoni) ishlab chiqarilishini rag‘batlantiruvchi moddalarga ega.
4. Terini yoshartiradi
✅Qulupnay — antioksidantlarga va C vitaminiga boy. Bu terining elastikligini saqlaydi, qarish belgilarini sekinlashtiradi va teri yallig‘lanishiga qarshi kurashadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum