👶 Bolalar harakatchan boʻladi. Qolaversa, organizmning oʻsib-ulgʻayishi uchun quvvat, yaʼni ozuqa kerak. Shu sababli oʻgʻil-qizlar tez ochqaydi. Ayniqsa, maktab davrida! Biroq bunday pallalarda kichkintoylar duch kelgan mahsulotlarni isteʼmol qilib ketavermasligi zarur. Ularning turi, sifati, tarkibi va miqdori doimo nazoratda boʻlishi shart .
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar isteʼmol qilishi mumkin boʻlgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti ham belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:
🥩🍖Goʻsht va goʻsht mahsulotlari:
▶️I kategoriyali mol goʻshti, buzoq goʻshti, yogʻsiz qoʻy goʻshti (haftada 1-2 martadan koʻp emas), parranda goʻshti, kurka, quyon goʻshti, baliq, tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda.
🥛🍶Sut va sut mahsulotlari:
▶️sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yogʻlilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq; quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog (yogʻlilik darajasi 9% va 18%li; agar yogʻlilik darajasi unchalik baland boʻlmasa — 0,5% li); oʻtkir boʻlmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi); termik qayta ishlanganidan soʻng qaymoq (10%, 15%, 30% yogʻlilik darajasi); kefir (qattiq); yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari maʼqul); qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq (yogʻlilik darajasi 10%, 20% va 30%).
Oziq-ovqat yogʻlari:
▶️sariyogʻ; oʻsimlik yogʻi (kungaboqar, faqat dogʻlangan paxta yogʻi); salatlarga, vinegretlar, seld baligʻi, ikkinchi taomlar salat yogʻi; margarin pishiriqlar uchun; qovurish uchun cheklangan (faqat oliy navlar);
🥮🥧Qandolatchilik mahsulotlari:
▶️konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak; qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;
🥔🫑Sabzavotlar:
▶️kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʻkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʻk), tomat pastasi, tomat-pyure.
🍎🍒Mevalar:
▶️olma, nok, olxoʻri, uzum, va bananlar; har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon); quritilgan mevalar;
🫘🥜Dukkaklilar:
▶️noʻxat, loviya, soya, mosh.
🥤🧋Sharbat va ichimliklar:
▶️ mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qoʻshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar; kakao, choy; ichimlik suvi.
🥫Konservalar:
▶️goʻshtli konserva; konserva ovqatlari (goʻshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʻshtli karam shoʻrva, mol goʻshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʻlmaganda istisno tarzida); losos (qizil goʻshtli baliq); sharbatlar, meva boʻlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi;
sterillangan pomidor va bodringlar, non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda tavsiya etiladi.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati