Kuz fasli kasalliklar

Kuz faslida ob-havo keskin o‘zgarishi, havo haroratining pasayishi, namlikning ortishi va shamollashlar sababli turli kasalliklar tez-tez uchraydi. Asosan quyidagi kasalliklar kuzda ko‘p tarqaladi:

1. Nafas yo‘llari kasalliklari:

O‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI)
Gripp
Angina (bodomcha bezlar yallig‘lanishi)
Bronxit

2. Allergik kasalliklar:

Kuzda gul changlari (polinoz) sabab allergik rinit va bronxial astma kuchayishi mumkin.

3. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari:

Oshqozon-ichak kasalliklari (ovqatlanish rejimining buzilishi, sifatli ovqat iste’mol qilmaslik natijasida)
O‘tkir ich ketish (diareya)

4. Yuqumli kasalliklar:

Meningit
Qizamiq, qizilcha kabi bolalar infeksiyalari (asosan to‘liq emlanmagan bolalarda)

5. Surunkali kasalliklarning kuchayishi:

Yurak-qon tomir kasalliklari
Revmatizm
Astma va bronxitning xurujlari

https://t.me/sanepidqom_qarshitum