Kuydirgi kasalligining alomatlari
♦️Teri shaklida qo‘shimcha alomatlar
Dastlab kichkina qizil dog‘ paydo bo‘ladi, so‘ng pufakchaga aylanadi.
1–2 kun ichida pufakcha yorilib, o‘rni qora yaraga aylanadi.
Atrofidagi teri shishib, ko‘kimtir tus oladi.
Yarada og‘riq kuchli emas, ammo umumiy holat og‘irlashadi.
♦️O‘pka shaklida qo‘shimcha alomatlar
Dastlab shamollash yoki grippga o‘xshash belgilar (yo‘tal, tomoq og‘rig‘i).
Juda tez nafas qisishi kuchayadi.
Ko‘krakda bosuvchi kuchli og‘riq.
Qon bosimi tushib ketishi, hushdan ketish.
♦️Ichak shaklida qo‘shimcha alomatlar
Qorin dam bo‘lishi, ichaklarda qattiq og‘riq.
Ich ketish tez-tez qon aralash bo‘lishi mumkin.
Terida toshma paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum