KUYDIRGI (ANTRAKS) KASALLIGI PROFILAKTIKASI

KUYDIRGI (ANTRAKS) KASALLIGI PROFILAKTIKASI

Kuydirgi — hayvonlardan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan xavfli yuqumli kasallik.

🐄 Qanday yuqadi?

Kasal hayvonlar bilan aloqa qilish;
Infeksiyalangan go‘shtni iste’mol qilish;
Terisi yoki juniga tegish orqali.

Profilaktikasi:

✔️ Hayvonlarni muntazam veterinariya nazoratidan o‘tkazing;
✔️ Shubhali yoki kasal hayvonlarni so‘ymang;
✔️ Go‘shtni faqat ruxsat etilgan joydan xarid qiling;
✔️ Go‘shtni yaxshi pishirib iste’mol qiling;
✔️ Fermalarda sanitariya qoidalariga rioya qiling;
✔️ Kasal hayvon bilan aloqa qilganda darhol shifokorga murojaat qiling.

⚠️ Eslatma:
Kasallik erta aniqlansa — davolash samarali bo‘ladi!