Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyotining muhim omili

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyotining muhim omili

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I.B.Mashtinov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish davomida:

📌korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

📌Shuningdek, xodimlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va bu boradagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Korrupsiyaga qarshi kurash– har birimizning fuqarolik burchimiz. Halollik va adolat tamoyillariga amal qilish orqali jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshamiz.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum