📌Sanepidqoʻmita Qarshi tumani boʻlimi majlislar zalida Qarshi tumani prokurori katta yordamchisi U.Erkinov tashabbusi bilan tuman boʻlimining boʻlim boshliqlari va mas’ul mutaxassislari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurash» boʻyicha yigʻilish tashkil etildi.
Yigʻilish davomida U.Erkinov:
📌Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish yoʻlida qilingan tizimlarga toʻxtalib oʻtdi;
📌Parlament palatalarida mas’ul qoʻmitalar,Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashi va Agentlik tashkil qilinganligi;
📌Yerlarni hokim qarori bilan emas,auksion tizimda «Shaffof qurilish»dasturi joriy etilganligi;
📌Davlat xaridlari boʻyicha qonun qabul qilingani toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.
Bundan tashqari yigʻilishda:
📌Maktab va maktabgacha ta’lim tizimida xizmat turlari elektron shaklga oʻtganligi;
📌Yoʻl harakati inspektorlari bodi kameralar bilan ta’minlanganligi;
📌Elektron davlat xizmatlari soni ortganligi;
📌Iqtisodiyotimizni oʻsib borayotganligi haqida aytib oʻtildi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum