Jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni
Jismoniy faollik – bu organizmni harakatga keltiradigan,energiya sarfini talab qiladigan barcha turdagi faoliyatdir. U faqat sport bilan shug‘ullanish emas, balki kundalik hayotda sodir bo‘ladigan oddiy faoliyatlarni ham qamrab oladi: piyoda yurish, zinadan chiqish, bog‘ ishlari, uy yumushlari. Ilmiy manbalarda jismoniy faollikning asosiy mezoni sifatida yurak urishi tezlashishi, nafas olishning chuqurlashishi va mushaklarning zo‘riqishi ko‘rsatiladi. Demak, u passiv dam olishdan farqli ravishda tanani ishga soladigan faol jarayon hisoblanadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum