Iste’molga yaroqli qoʻziqorinlar qanday tanlanadi?

✅Bahorda tez-tez yomg’ir yog’ishi tufayli dala-dashtlarda qo’ziqorinlar ko’payadi. Bunday paytda ularni bilib-bilmay iste’mol qilish gohida noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
❗️Yurtimizda qalpoqchali zamburuglarning 200 dan ziyod turi mavjud. Ulardan 150 dan ziyod botanik turi zaharli, atigi 25 turigina istemol uchun yaroqli hisoblanadi.
✅Yaroqlilariga — oq qo’ziqorin, qizil qo’ziqorin, shampinon va opyonok kabilar, zaharlilariga — qizil muxamor, kulrang muxamor, satanin, sariq soxta qo’ziqorin, soxta shampinon va boshqalar kiradi.
❗️Rangsiz qurbaqasalla turdagisi eng zaharli bo’lib, uning ozgina miqdori yeyilganda ham kishi hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin. Tuzlangan yoki marinadlangan qo’ziqorinlarni ruxlangan idishlarda saqlaganda ham zaharlanish ro’y berishi ehtimoli yuqori.
❗️Bundan tashqari, uning «smorchok» va «strochok» turlaridan noto’g’ri taom tayyorlanishi ham zaharlanishga sabab bo’ladi. Chunki uning tarkibida zararli gelvelat kislotasi bo’lib, u suvda yaxshi eriydi. Shu sababli ushbu qo’ziqorinlarni iste’mol qilishdan oldin qaynatib, suvini to’kib tashlash kerak.
✅Istemolga yaroqli qoziqorinlar madanli moddalar, oqsil hamda “S” va “V” guruhlariga mansub darmondorilarga juda boydir. Uning eng asosiy ustunligi – tarkibida oqsilning molligida. Qoziqorinda oqsil tuxumdan 2, goshtdan 3 barobar kop ekan. Fosfor va kalsiy borasida baliq qatori.
Qoziqorin qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi. U, shuningdek, qandli diabet bilan ogrigan kishilarga foydali.
Qoziqorinlar xom sabzavotlar (bodring, karam, pomidor) bilan kelisha olmaydi, bunday aralashma oshqozon buzilishi va dam bolishga olib keladi. Shu bois uni faqatgina pishgan sabzavotlar bilan birga istemol qilgan maqul.
❗️Avtomagistral yoʼl yoqalari, zaharli ogular hamda kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalarning tevarak-atroflarida osadigan qoziqorinlardan ham zaharlanish holatlari kuzatiladi. Chunki mashinalardan chiqadigan is-gazlar va zaharli moddalarni qoziqorinlar oziga singdirib oladi, demak bunday holatlarda istemolga yaroqli bolgan qoziqorinlardan ham odam zaharlanadi.
❗️✅Bozorlar va savdo dokonlaridan qoʼziqorin xarid qilmoqchi bolsangiz, gigienik va muvofiqlik sertifikatlari hamda veterinariya-sanitariya laboratoriya mutaxassislari tomonidan beriladigan malumotnomani talab qiling. Qoʼziqorinlarni turgun savdo shoxobchalaridan, belgilangan joylardan tegishli sifatini kafolotlovchi hujjatlari bor bo`lgan taqdirda xarid qiling!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum