📌Isitma (lot. febris) pirogenlarning (harorat ko’tarilishiga olib keladigan moddalar) ta’siri ostida termoregulyatsiya tizimining dinamik qayta tashkil etilishi sababli tana haroratining vaqtinchalik ko’tarilishi bilan tavsiflanadigan nospetsifik patologik jarayon. Tana harorati 37 °C dan oshganida holat isitma deya ta’riflanadi.
📌Isitma rivojlanishi mexanizmi
Isitma bosqichlari
📌O’zining rivojlanishida isitma har doim 3 bosqichdan o’tadi:
📌Birinchi bosqichda harorat ko’tariladi (stadia incrementi);
📌Ikkinchi bosqichda u bir muncha vaqt davomida yuqori darajada saqlanib turadi (stadia fastigi yoki acme);
📌Uchinchi bosqichda u boshlang’ich haroratgacha kamayadi (stadia decrementi).
https://t.me/sanepidqom_qarshitum