Grippning asoratlari va erta murojaatning ahamiyati

Grippning asoratlari va erta murojaatning ahamiyati
❗️ Grippning asosiy asoratlari
1️⃣ Zotiljam
Eng ko‘p uchraydigan va xavfli asorat
Nafas qisishi, ko‘krak og‘rig‘i, balg‘amli yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi
2️⃣ Sinusit va otit
Burun yondosh bo‘shliqlari yallig‘lanishi
Quloq og‘rig‘i, eshitish pasayishi kuzatilishi mumkin
3️⃣ Yurak asoratlari
Yurak mushagining yallig‘lanishi
Yurak urishining tezlashuvi, holsizlik bilan kechadi
4️⃣ Surunkali kasalliklarning zo‘rayishi
Qandli diabet
Bronxial astma
Yurak-qon tomir kasalliklari
⏰ Erta murojaat qilish nega muhim?
✔️ Kasallik og‘irlashib ketishining oldi olinadi
✔️ Asoratlar rivojlanish xavfi kamayadi
✔️ To‘g‘ri va samarali davolash belgilanadi
✔️ Boshqalarga yuqishining oldi olinadi
🚨 Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
3 kundan ortiq yuqori isitma saqlansa
Nafas olish qiyinlashsa
Kuchli holsizlik va bosh aylanishi bo‘lsa
Bolalarda talvasa yoki hushyorlik pasaysa

https://t.me/sanepidqom_qarshitum