Grippga qarshi vaksinatsiya
🔹Grippga qarshi vaksina – bu organizmda gripp virusiga qarshi immunitet hosil qiluvchi profilaktik vosita. U kasallikning oldini oladi yoki yengil o‘tishini ta’minlaydi.
🔹 Qachon qilinadi?
Odatda kuz oylarida tavsiya etiladi.
Epidemiya mavsumi boshlanishidan oldin emlanish maqsadga muvofiq.
Har yili yangilangan vaksina qo’llanadi.
🔹 Kimlarga tavsiya etiladi?
6 oylikdan katta bolalar
60 yoshdan oshganlar
Homilador ayollar
Surunkali kasalligi bor shaxslar
Tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va jamoat joyida ishlovchilar
🔹 Foydasi:
✅ Gripp bilan kasallanish xavfini kamaytiradi
✅ Asoratlar xavfini pasaytiradi
✅ Og‘ir kechish va shifoxonaga tushish holatlarini kamaytiradi
https://t.me/sanepidqom_qarshitum