✔️Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan gepatit D hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit Bning zamirida rivojlanadi. Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi.
✔️Bundan tashqari, D gepatiti virusi nuqsonli bo‘lib, uning ko‘payishida B gepatiti viruslari muhim rol o‘ynaydi. Demak, o‘tkir yo surunkali B gepatiti bilan og‘riganlarda D gepatit yuzaga kelishi tezlashadi. Kasallik viruslari tashqi muhitga juda chidamli bo‘ladi, biroq zararlangan joyni kislota va ishqorlar bilan artganda nobud bo‘ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum