Gepatit A ga qarshi emlash – bu kasallikdan eng ishonchli himoya chorasi hisoblanadi.
✅ Emlashning ahamiyati:
Gepatit A virusiga qarshi immunitet hosil qiladi.
Kasallikni og‘ir shaklda kechishini va asoratlarni oldini oladi.
Bir marta to‘liq kurs o‘tilganda (2 marta, 6–18 oy interval bilan) organizmda 10–20 yilgacha barqaror immunitet hosil bo‘ladi.
✅ Kimlarga tavsiya etiladi:
Bolalarga (1 yoshdan boshlab).
Yuqori xavf guruhidagilarga (bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari, oshxona, umumiy ovqatlanish joylari xodimlari, tibbiyot xodimlari).
Gepatit A yuqish xavfi yuqori hududlarga sayohat qiluvchilar.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum