Gemorragik isitmaning oqibatlari :
📌 Ichki qon ketishlar – jigar, buyrak, o‘pka, miya kabi ichki a’zolarda qon quyilishi.
📌 Organlar faoliyatining buzilishi – jigar va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi.
📌 Kuchli intoksikatsiya – organizmda zaharli moddalar to‘planishi tufayli hushdan ketish, koma.
📌 Ko‘p qon yo‘qotish – kamqonlik, shok holatiga olib keladi.
🫁 O‘pka shishi va nafas yetishmovchiligi.
🧠 Markaziy asab tizimi shikastlanishi – tutqanoq, falaj, ruhiy o‘zgarishlar.
Agar bemor omon qolsa, uzoq muddatli oqibatlar ham kuzatilishi mumkin:
♦️ Surunkali charchoq va kuchsizlik.
📌 Ko‘rishning pasayishi yoki to‘liq ko‘rlik.
🚫Jigar va buyrak faoliyatida doimiy buzilishlar.
♦️Asab tizimi bilan bog‘liq muammolar (xotira, diqqat, ruhiy o‘zgarishlar).
https://t.me/sanepidqom_qarshitum