Gelmintozlar

Gelmintozlar – bu turli xil gelmintlar (ichak qurti va boshqa parazit chuvalchanglar) sabab bo‘ladigan kasalliklar guruhidir. Ular odam va hayvon organizmida parazitlik qilib, sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazadi.

Gelmintozlarning yuquv yo‘llari:

♦️Toza yuvilmagan sabzavot, meva va ko‘katlarni iste’mol qilish.

♦️Chala pishgan go‘sht yoki baliq iste’moli.

♦️Ifloslangan suv ichish.

♦️Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik.

♦️Tuproq orqali (bolalar ko‘p hollarda o‘yin paytida yuqtirib oladi).

Asosiy alomatlari:

✅ Ich ketishi yoki ich qotishi.
✅ Qorin og‘rishi, ko‘ngil aynishi.
✅ Ishtahaning oshishi yoki kamayishi.
✅ Ozib ketish, rangparlik, tez charchash.
✅ Bolalarda tunda tish g‘ijirlatish, tinch uyqu bo‘lmasligi.
✅ Allergik toshmalar, qichishish.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum