EBOLA VIRUSI MAMLAKATIMIZGA XAVF SOLMAYAPTI
Ebola virusi infeksiyasi jiddiy kasallik bo‘lib, ayniqsa Afrika qit’asida tez-tez uchraydi. Bu virus kasallangan hayvonlarning qon, najas, siydik, ter, so‘lagi va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqishi mumkin. Ebola virusi infeksiyasini davolashning o‘ziga xos usuli yo‘q, infeksiyalangan odamlarni davolash esa simptomatik terapiya bilan amalga oshiriladi.
📊Joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallanish 263 ta tasdiqlangan holatlar qayd etilgan. Kongo Demokratik Respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda.
JSST Ebola global pandemiya chaqirish ehtimoli past deb baholamoqda.
Ushbu kasallik O‘zbekistonda tarqalish xavf past hisoblanadi.
Kasallikni mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan davlat chegaralarida kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvi olib borilmoqda.
⚠️Mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan Ebola virusi faol tarqalgan mamlakatlar va mintaqalarga sayohat qilmaslikni so‘raymiz.
Ebola virusi kasallangan odam yoki hayvonning biologik suyuqliklari bilan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri muloqot orqali yuqadi.
Shu sababli quyidagi tavsiyalarga amal qiling
✔️ yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilishdan saqlaning: Primatlar (maymunlar, shimpanzelar) va ko’rshapalaklar yashaydigan joylarga bormang;
✔️ ekzotik taomlardan saqlaning: yovvoyi hayvonlarning go’shti yoki xom ovqatlarni yemang;
✔️kasal odamlardan – nafas olish yo’llarida shamollash alomatlari, isitma, toshma yoki qon ketish belgilari bo’lgan odamlardan xavfsiz masofani saqlang;
✔️ qo’llaringizni iloji boricha tez-tez sovun bilan yuving yoki dezinfektsiyalovchi vositadan foydalaning;
✔️ faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv iching;
✔️ endemik hududdan qaytganingizdan keyin 21 kun davomida sog’lig’ingizni diqqat bilan kuzatib boring (bu standart inkubatsiya davri);
✔️ аgar sizda isitma, holsizlik, qusish yoki diareya paydo bo’lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling;
✔️аgar yaqinda epidemiya xavfi bor hududga sayohat qilgan bo’lsangiz, shifokoringizga xabar bering.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt