Botulizm va ovqatdan zaharlanishning oldini olish yoʻllari

Botulizm va ovqatdan zaharlanishning oldini olish yoʻllari

⚠️ Botulizm va ovqatdan zaharlanish inson salomatligi uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Ularning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish muhim:

Asosiy profilaktika choralari

🧼 Ovqat tayyorlashdan oldin va keyin qoʻllarni sovun bilan yaxshilab yuvish;
🥩 Goʻsht, baliq, tuxum va sut mahsulotlarini toʻliq pishirib isteʼmol qilish;
❄️ Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatkichda saqlash;
🍱 Tayyor taomlarni uzoq vaqt xona haroratida qoldirmaslik;
🚱 Nomaʼlum yoki sifatsiz konservalarni isteʼmol qilmaslik;
🫙 Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish;
❌Qopqogʻi shishgan, hidi yoki rangi oʻzgargan mahsulotlarni darhol tashlab yuborish;
🥗 Meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
💧 Faqat toza va qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum