Aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda olib borilayotgan ishlar.

Aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda olib borilayotgan ishlar.

🔶Oziq-ovqat xavfsizligi — bu har bir inson uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir. Mamlakatimizda aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

✅Davlat siyosati va qonunchilik:

✔️Bu borada quyidagi qonun hujjatlari qabul qilingan va amalga oshirilmoqda:

✔️»Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida»gi Qonun;
✔️»Veterinariya to’g’risida»gi Qonun;
✔️»O’simliklar karantini to’g’risida»gi Qonun;
✔️Oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha texnik reglamentlar.

✅Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash:

✔️Kreditlar ajratish, subsidiya berish va soliq imtiyozlari yaratish orqali.
✅Yangi texnologiyalarni joriy etish:
✔️Zamonaviy sug’orish tizimlarini qo’llash, yuqori hosilli urug’lar va ko’chatlardan foydalanish.
✅Mahsulot yetishtirish hajmini oshirish:
✔️Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yangi yerlarni o’zlashtirish.
✅Chorvachilikni rivojlantirish:
✔️Naslli chorva mollari yetishtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash.

🔶Xalqaro hamkorlik:

🔶O’zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO),Jahon sog’liqni saqlash tashkilotir (JSST) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda loyihalar amalga oshirilmoqda.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum