Aholini grippdan himoyalash – dolzarb masala

Aholini grippdan himoyalash – dolzarb masala
Gripp – o‘tkir respirator virusli kasallik bo‘lib, qisqa vaqt ichida ommaviy tus olishi mumkin. Kasallikning oldini olish har bir fuqaroning mas’uliyatiga bog‘liq.
🌡 Gripp qanday boshlanadi?
• To‘satdan yuqori harorat
• Kuchli holsizlik
• Quruq yo‘tal
• Tomoq og‘rishi
• Burun oqishi
❗️ O‘zini yomon his qilgan shaxslar ishga yoki o‘qishga bormasligi tavsiya etiladi. Bu orqali kasallik tarqalishining oldi olinadi.
🛡 Oldini olish choralari: Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish
✔️ Antiseptik vositalardan foydalanish
✔️ Gavjum joylarda niqob taqish
✔️ Immunitetni mustahkamlash
✔️ Shifokor tavsiyasiga amal qilish

https://t.me/sanepidqom_qarshitum