Tadbirda SEO va JS Qarshi tuman bo‘limi boshlig‘i I.B.Mashtinov so‘zga chiqib, 20 noyabrdan 20 dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” tadbirlari munosabati bilan SEOvaJS Qarshi tuman bo‘limidagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini samarali o‘tkazish uchun Qarshi tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi G’ Ergashev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Mamasaliyevlar, ishtirok etayotganliklarini aytib, Qarshi tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi G’ Ergashevga so‘z navbatini berdi.
Qarshi tuman hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslaxatchisi G’ Ergashev so‘zga chiqib, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun, lotin alifbosida ish yuritish, korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davomida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berib o‘tdi. SHundan so‘ng Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Mamasaliyev so‘zga chiqib, 20 noyabrdan 20 dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan tashkilot va korxonalar jamolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilayotgani, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun 34 ta moddadan iboratligi, qonun moxiyati, mazmuni, ishchi xodimlar, fuqarolar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ma’lumot va tegishli tavsiyalar berib o‘tdi. SEOvaJS Qarshi tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ko‘rgazmali stendlar o‘rnatilgani, namunali ish olib borilayotganini ta’kidlab o‘tildi. SEO va JS Qarshi tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul SH.Ernazarov Qarshi tuman hokimligi mutaxassislariga bugungi tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni tadbiriga ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.