Bakteriologiya laboratoriyasi –Bakteriologiya laboratoriyasida quyidagi laboratoriya tekshiruvlari amalga oshiriladi.
- Ichimlik suvini mikrobiologik tekshirish; 1. Koli-titr, Koli indeks, 3. Umumiy mikroblar soniga.
- Ochiq suv havzalarini patogen floraga mikrobiologik tekshiruv.
- Basseyn suvlarini sifatini nazorat qilish.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini (go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini, un va un mahsulotlarini, baliq va baliq mahsulotlari, ichimliklar, tayyor 1- va 2- pishgan ovqatlarni mikrobiologik tekshirish, MAFAM, BGKP, patogen stafilakokk, patogen salmonella va shigellalarga hamda boshqa ovqat toksikoinfeksiyalarig)
- Ichterlama, paratif “A”, paratif “V” kasalliklarini aniqlash uchun qonni gemokulturaga tekshirish, qonni brusullyoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisini aniqlashga tekshirish.
- Qon, peshob va boshqa biologik suyuqliklarni sterillikka tekshirish.
- Peshob, najas va o‘t suyuqligini ichterlama, paratif “A”, paratif “V” kasalliklariga tekshirish.
- Havo tomchi kasalliklari (bo‘g‘ma, meningit va ko‘kyutal)ga va patogen stafilakokga tomoq va burundan olingan surtmalarni tekshirish.
- Shifoxona ichki infeksiyalarini oldini olish maqsadida shifoxona xodimlari xalati va qo‘lidan, shifoxona havosi, hamda tibbiyot instrumentlaridan olingan namunalarni sterillikka tekshirish.
- Tuproqni sanitar – bakteriologik tekshirish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarini Bakteriologiya
laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariyaepidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4790-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tuman (shahar) bo‘limlari (Keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) bakteriologiya laboratoriyasining maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va ular faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
- Laboratoriya o‘z faoliyatida Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Laboratoriya o‘z faoliyatini Sanitariya-epidemiologiya xizmati tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘iga va hududiy boshqarmalarni bakteriologiya laboratoriyasiga bo‘ysinuv asosida olib boradi.
- Bakteriologiya laboratoriyasiga vrach bakteriolog rahbarlik qiladi, bo‘lim mudiri Bo‘lim boshlig‘i tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
- Laboratoriya mudiri ish faoliyatida bevosita Bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi. Bo‘lim boshlig‘i epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, bakteriologiya laboratoriyasi ish faoliyatini Bo‘limning boshqa tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan muvofiqlashtirib boshqaradi.
- Bakteriologiya laboratoriyasi rejim talablariga javob beruvchi ish joylari, asbob-uskunalar, zaruriy jihozlar, shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlanadi.
- Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlariga asosan bakteriologiya laboratoriyasi vrachlari tibbiyot oliygohini tamomlagan bo‘lishi shart.
- Bakteriologiya laboratoriyasi shtat normativlari qonunchilik talablari asosida tasdiqlanadi.
2-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining vazifalari
- Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Respublika hududiga yuqumli kasalliklarni (III-IV guruh patogen mikroorganizmlar) chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish va axolining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishining oldini olish maqsadida suv, tuproq, havo kabi tashqi muhit ob’ektlari va oziq-ovqat mahsulotlarida, Davolash-profilaktika muassasalarida bakteriologik tahlillar o‘tkazish; aholining III-IV guruh bakterial yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorligini oshirish.
3-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining funksiyalari
- Laboratoriya quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: yuqumli kasalliklarning yoki yuqumli kasalliklarga gumon qilinganlarni, ovqatdan zaharlanishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida, tasdiqlangan zamonaviiy usullar bilan to‘g‘ri va sifatli bakteriologik tekshiruvlar olib borish; aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish va tashqi muhitni sog‘lomlashtirish borasida sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish; bakteriologik laboratoriyalarning moddiy-texnik jihozlanish ta’minotini yaxshilash, me’yoriy texnik hujjatlar, kimyoviy reaktivlar, ozuqamuhitlar va boshqa preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tashkillashtirish; sanitariya bakteriologik tekshiruvlarni rejalashtirishda ishtirok etish; davolash-profilaktik muassasalardagi klinik diagnostik bakteriologik laboratoriyalarga amaliy uslubiy yordam berish;
- Bakteriologik laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
4-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining huquqlari
- Bakteriologiya laboratoriyasi quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasining “Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” Qonuni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar; laboratoriya faoliyatini yaxshilash maqsadida, takliflar kiritish huquqi; boshqarmaning boshqa bo‘limlaridan va quyi bo‘limdan ish faoliyat uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish; aholini yuqumli kasalliklarni profilaktikasi bo‘yicha bilim savodxonligini yuksaltirish maqsadida maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k. tayyorlashda ishtirok etish; 11 laboratoriya xodimlari shahodatlash to‘g‘risidagi nizom asosida shahodatlashdan o‘tishga va toifa olish; laboratoriyalar mutaxasislari kasbiy malakasini oshirish uchun o‘qish;
- Bakteriologiya laboratoriyasi III-IV guruh bakterial yuqumli kasalliklarga tahlillar o‘tkazish bo‘yicha qonunga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
5-bob. Bakteriologiya laboratoriyasining majburiyatlari
- Bakteriologiya laboratoriyasi majburiyatlari: jismoniy va yuridik shaxslarning aholi o‘rtasida III-IV guruh yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish; III-IV guruh yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik vaziyat va aholi o‘rtasida III-IV guruh yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida o‘tkazilayotgan tahlillar haqida hududiy boshqarma rahbariyatini xabardor qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Bakteriologiya laboratoriyasi Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) bo‘limi tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi, uni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.