Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Nazoratlarni muvofiqlashtirish va Ma’muriy amaliyot bo‘limi faoliyati bo‘yicha.

N I Z O M

 

1-bob.    Umumiy qoidalar

  • Ushbu Nizom viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, xuquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
  • Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekistoi Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, karorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Maxkamasining karorlari va farmoyishlariga, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining karorlari, buyruk va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga amal kiladi.

1.3. Bo‘lim faoliyatini bo‘lim boshlig‘i boshqaradi, o‘z faoliyatida  tuman bo‘limi boshlig‘iga buysinadi va hisobot beradi.

  • Bo‘lim mutaxassislari bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysinadi, bo‘limga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
  • Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

 

2-bob. Bo‘limning vazifalari.

 

Quyidagilar  bo‘limning asosiy vazifalari xisoblanadi:

  • Bo‘lim, Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan o‘tkazilgan tekshirishlarini taxlil kiladi va muvofiklashtiradi;
  • Sanitariya-epidemiologiya sohasida qonun buzilishlar bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralarini ro‘yxatga oladi va amaliyotga rahbarlik qiladi;
  • Bo‘limda tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha tahlil qiladi va tegishli hisobotlarni yuritadi;
  • Soxaga oid statistik ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘lim va davlat idoralari bilan hamkorlik qiladi;
  • Tekshirishlar va ma’muriy javobgarlik choralari yuzasidan hisobotlarni yuqori organga yuboradi;
  • Tadbirkorlik subektlarida tekshirish o‘tkazish huquqini berish uchun mansabdor shaxslarni o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tishga tayyorlaydi.
  • Bo‘lim o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni xam amalga oshiradi.

 

3-bob. Funksiyalari.

  • Bo‘limning tegishli bo‘limlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi SanQvaMga rioya kilishlari ustidan tekshirish o‘tkazish rejasini talab qilib oladi, amaldagi tartib-taomillarga muvofiqligini o‘rganadi, muvofiklashtiradi va tekshirishlarni ro‘yxatga olish elektron tizimiga kiritadi;
  • Sanitariya-epidemiologiya soxasida qonun buzilishlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalarini qabul qilib oladi, qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganadi va ma’muriy amaliyotga rahbarlik qiladi;
  • Ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma va jarima solish to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron bazaga kiritadi;
  • Sanitariya va epidemiologiya bo‘limlariga tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy amaliyot bo‘yicha uslubiy yordam beradi, faoliyatini o‘rganib boradi va bo‘lim boshlig‘iga taklif kiritadi;
  • Bo‘limning statistik hisobotlarini yuritish, to‘plash, tahlil qilishda tegishli bo‘limlarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

 

4-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

  • Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
  • Bo‘lim faoliyatida tekshirishlarni o‘tkazish va ma’muriy huquqiy ta’sir choralarni qo‘llash soxasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish;
  • Tekshirishlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot soxasida aniklangan kamchiliklarni bartaraf etish;
  • Tadbirkorlik subektlarida tekshirishlar o‘tkazishga doir konun xujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hakida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogoxlantirish yoki ulardan tilxat(kafolat xati) olish;
  • Bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim mutaxassislari topshiriklarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi uchun javob beradi;
  • Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatini  tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • Yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
  • Bo‘limning yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun kiritadi, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
  • Faoliyatiga oid qonun hujjatlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida rahbariyatiga takliflar kiritadi;

4.11. bo‘lim boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

4.12. Bo‘lim mutaxassislari:

o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

boshliq va bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ijro etadi;

  • Bo‘lim boshlig‘i va mutaxassislari lavozimiga oliy o‘quv yurtlarining tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan va oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayinlanadi.