Dezinfektsiya tadbirlari bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qarshi tuman bo‘limi

dezinfeksiya tadbirlari bo‘limining

NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4790-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Nishon tuman bo’limi strukturasiga ko’ra o’choqli dezinfeksiya bo’limi maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
  2. Bo‘lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Farmoyishlari, boshqa huquqiy-normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qarorlari, buyruq va ko’rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  3. Bo‘lim o’z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  4. Bo’lim faoliyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Nishon tuman bo’limi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan choraklik, yillik ish rejasiga asosan tashkil etiladi.
  5. Bo’lim xodimlari o’z faoliyatini lavozim yo’riqnomalari asosida olib boradi.

2-bob. Bo‘limning vazifalari

  1. 6. Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

yuqumli va parazitar kasalliklar o’choqlarini bartaraf etish uchun majmuaviy sanitariya-gigiyena, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishda qatnashish;

Nishon tumani bo’limi o’choqli dezinfeksiya bo’limi mutaxassislariga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;

dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va chora-tadbirlar o’tkazish.

3-bob. Bo‘limning funksiyalari

  1. Bo’lim o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Respublika chegaralarida joylashgan sanitariya nazorat punktlarida zararsizlantirish (dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya) tadbirlarini tashkil etish;

Nishon tuman bo’limi dezinfeksiya bo’limiga quyidagi amaliy-uslubiy yordamlar ko’rsatish:

-bo’limning moddiy-texnik bazasini (dezkamera, asbob-uskuna, zararsizlantirish vositalari) mustaxkamlash;

— dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o’tkazishda yangi vosita va usullarini tadbiq etish;

-sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash;

-tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida soha mutaxassislarni malakasini oshirish.

dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya mavzulari bo’yicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish va o’tkazish;

aholi o’rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo’yicha xonadonlarda (kasallik o’choqlarida) joriy va profilaktik dezinfeksiya ishlarini o’tkazish bo’yicha sanitariya-gigiyenik bilim ko’nikmalarga o’qitish va tarbiyalash;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo’yicha murojaatlarini ko’rib chiqish va tegishli choralar ko’rish;

faoliyatida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va internet tizimidan samarali foydalanish.

  1. Bo’lim qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

4-bob. Bo‘limning huquqlari

  1. Bo’lim quyidagi huquqlarga ega:

O’zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi Qonuni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan;

bo’lim faoliyatini yaxshilash maqsadida, takliflar kiritish;

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining boshqa bo’limlaridan va hududiy boshqarma ish faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab olish;

aholini yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tushunchasini yaxshilash maqsadida targ’ibot materiallarni (maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k.) tayyorlashda ishtirok etish;

yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini o’tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

  1. Bo’lim yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi, shuningdek tuman hududida tarqalishini oldini olish bo’yicha qonunga zid bo’lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo’ladi.

5-bob. Bo‘limning majburiyatlari

  1. Bo‘limning majburiyatlari:

davlat hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholi o’rtasida yuqumli va parazitar kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishini oldini olinilishini ta’minlashi ustidan o’rnatilgan tartibda nazorat olib borish;

yuridik va jismoniy shaxslarning aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olish masalalari bo’yicha murojaatlarini ko’rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;

yuqumli va parazitar kasalliklar bo’yicha epidemiologik vaziyat va aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishni oldini olishni ta’minlash borasida ko’rilayotgan choralar haqida Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig’ini xabardor qilish

6-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

  1. Bo’limga tuman bo’limi boshlig’i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bo’lim boshlig’i vrach-epidemiolog boshchilik qiladi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

13. Bo’limni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.