Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi xodimlari tomonidan gepatit A kasalligi qayd etilgan Charağil MFY 11-maktab va Charağil MFY poliklinikasida epidemiologik surishtiruv oʻtkazildi.Gepatit A kasalligi,uning kelib chiqish sabablari,profilaktikasi haqida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi hamda kasallik oʻchogʻida bajarilishi kerak boʻlgan barcha tadbirlar toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar berildi.
Bundan taşqari,11-maktabda dezinfeksiya tadbirlari ham oʻtkazildi.
Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum