🌡️ MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA XONA HARORATIGA QANDAY GIGIYENIK TALABLAR QÖYILADI?
Bolalarning salomatligi, qulayligi va ta’lim olishi uchun xonalarda maqbul mikroiqlim sharoitini yaratish muhim!
🏫 Xona haroratiga e’tibor bering!
📌 Ta’lim va tarbiya muassasalarida xona harorati quyidagi me’yorlarga mos bölishi tavsiya etiladi:
👶 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
Guruh xonalarida: +20…+24 °C;
Yotoq xonalarida: +18…+22 °C;
Jismoniy tarbiya zallarida: +18…+20 °C.
📚 Umumta’lim maktablarida:
Sinfxonalarda: +18…+24 °C;
Sport zallarida: +17…+20 °C;
Yeçiniş xonalarida:+19…+23 °C.
✅ Gigiyenik talablar:
Xona harorati muntazam termometr yordamida nazorat qilinişi;
Xonalar öz vaqtida şamollatilişi;
Isitiş tizimlari soz holatda bo‘lişi;
Xonalarda havo almaşinuvi ta’minlanişi;
Bolalarning sovqotişi yoki ortiqça isib ketişining oldi olinişi lozim.
⚠️ Unutmang! Xonalardagi harorat me’yorlariga rioya qiliş bolalarning salomatligini saqlaş, şamollaş va noqulay mikroiqlim bilan boğliq salbiy holatlarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum