⚠️QUTURISH — BEDAVO KASALLIK! UNING OLDINI OLISH O‘Z QO‘LINGIZDA!

🟡 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⚠️QUTURISH — BEDAVO KASALLIK! UNING OLDINI OLISH O‘Z QO‘LINGIZDA!

🐕Quturish — odam va hayvonlarda uchraydigan, markaziy asab tizimini zararlaydigan o‘ta xavfli yuqumli virusli kasallik. Kasallikning eng xavfli jihati shundaki, klinik belgilari namoyon bo‘lganidan so‘ng u deyarli har doim o‘lim bilan yakunlanadi.

🦠QUTURISH QANDAY YUQADI?

💬Kasallikni quturish virusi qo‘zg‘atadi. U asosan:

▫️Kasallangan hayvon tishlaganda;
▫️Hayvon tirnaganda;
▫️Uning so‘lagi shikastlangan teri yoki ko‘z, og‘iz kabi shilliq qavatlarga tushganda yuqishi mumkin.

📌Kasallikning asosiy tashuvchilari it, mushuk, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri va boshqa sutemizuvchi hayvonlar bo‘lishi mumkin.

🩺QUTURISH KASALLIGINING KLINIK BELGILARI

🔺Kasallikning yashirin davri odatda 2–3 oyni tashkil etadi, biroq bu muddat bir necha kundan bir yilgacha yoki undan ham uzoq davom etishi mumkin.

Dastlabki belgilar:

⏺Umumiy holsizlik va tana haroratining ko‘tarilishi;
⏺Bosh og‘rig‘i;
⏺Tishlangan joyda og‘riq, achishish yoki uvishish;
⏺Bezovtalik va uyqu buzilishi.

Kasallik rivojlanganda:

🗣Suvdan qo‘rqish (gidrofobiya);
🗣Havo oqimidan qo‘rqish (aerofobiya);
🗣Yutish mushaklarining spazmi;
🗣Kuchli bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik va gallyutsinatsiyalar;
🗣Keyingi bosqichlarda falajlik va nafas olish faoliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin.

🚨HAYVON TISHLASA, NIMA QILISH KERAK?

👁Bu vaziyatda vaqtni boy bermaslik juda muhim!

🔴Tishlangan yoki tirnalgan joyni zudlik bilan sovun va oqar suv bilan kamida 15 daqiqa davomida yaxshilab yuving.
🔴 Jarohatga tibbiy tavsiyaga muvofiq antiseptik vosita bilan ishlov bering.
🔴 Zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan quturishga qarshi vaksina va zarur hollarda immunoglobulin qo‘llaniladi.
🔴 Hayvon sog‘lom ko‘rinsa ham, emlangan bo‘lsa ham, tibbiy ko‘rik va profilaktik emlash masalasini kechiktirmang.

💉QUTURISHNING OLDINI OLISH MUMKIN!

✅Uy hayvonlarini veterinariya qoidalariga muvofiq quturishga qarshi emlating.
✅Daydi va noma’lum hayvonlarga yaqinlashmang, ularni qo‘lingiz bilan ushlamang.
✅Bolalarga begona hayvonlar bilan ehtiyotkor munosabatda bo‘lishni o‘rgating.
✅Hayvonlarda noodatiy xatti-harakatlar kuzatilsa, veterinariya mutaxassislariga xabar bering.
✅Hayvon tishlashi yoki tirnashi holatlarida o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qiling.

❗️ESDA TUTING! Quturishning klinik belgilari paydo bo‘lishini kutish mumkin emas. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam va profilaktik emlash kasallikning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

📱Telegram |📱Instagram |🌐 Web sayt