YASHIL MAKON” — YURTIMIZ YANADA KO‘KALAMZOR BO‘LMOQDA!

“YASHIL MAKON” — YURTIMIZ YANADA KO‘KALAMZOR BO‘LMOQDA!

🟢 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan ham amaliy ishlar boshlab yuborildi.

📱 Jumladan, Qarshi–Kasbi avtomobil yo‘lining 1 kilometr masofasida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytgacha 500 tup daraxt ko‘chati ekildi. Ushbu hududda 1500 tupdan ziyod daraxt ekish rejalashtirilgan.
📱 Shuningdek, boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan ham hududlarda 1500 tupdan ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda. Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va yashil hududlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📱 🌱 Maqsad — atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Kanalga obuna bo‘lish 👇

📱https://t.me/sanepidqashvil

🌐 Telegram