🤧 GRIPP VA UNING ALOMATLARI!
Gripp — nafas yo‘llarini zararlaydigan, virus orqali yuqadigan yuqumli kasallik. U to‘satdan boshlanishi va qisqa vaqt ichida insonning umumiy ahvolini yomonlashtirishi mumkin.
🔍 GRIPPning asosiy alomatlari:
🌡️ Tana haroratining ko‘tarilishi
🥶 Qaltirash va sovuq qotish
🤕 Bosh og‘rig‘i
💪 Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq
😷 Quruq yo‘tal
🤧 Burun oqishi yoki bitishi
😴 Kuchli holsizlik va charchoq
😣 Tomoq og‘rig‘i
⚠️ GRIPPDAN QANDAY HIMOYALANISH MUMKIN?
✅ Grippga qarshi emlaning.
✅ Qo‘llaringizni tez-tez yuving.
✅ Xonalarni muntazam shamollating.
✅ Bemor insonlar bilan yaqin aloqani cheklang.
✅ Yo‘tal yoki aksirish paytida og‘iz va burningizni yoping.
✅ Kasallik alomatlari kuzatilsa, uyda qoling va shifokorga murojaat qiling.
🚨 Muhim! Nafas qisishi, ko‘krak qafasida og‘riq, hushyorlikning pasayishi yoki ahvolning keskin yomonlashishi kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.
Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum