Qoqshol (stolbnyak, tetanus) — Clostridium tetani bakteriyasi ishlab chiqaradigan zahar ta’sirida yuzaga keladigan, asab tizimini zararlovchi juda xavfli yuqumli kasallik. U mushaklarning qattiqlashishi va kuchli, og‘riqli tortishishlariga olib kelishi mumkin. O‘z vaqtida davolanmasa, hayot uchun xavf tug‘diradi.
Qoqshol qanday davolanadi?
Qoqsholni uy sharoitida davolab bo‘lmaydi. Kasalxonada quyidagi muolajalar qo‘llanadi:
Qoqshol toksinini zararsizlantirish uchun maxsus immunoglobulin.
Jarohatni tozalash va zarur hollarda jarrohlik ishlovi.
Antibiotiklar.
Mushak spazmlarini nazorat qiluvchi dorilar.
Zarurat tug‘ilsa, sun’iy nafas oldirish.
Qoqsholga qarshi vaksina ham qo‘llanadi, chunki kasallikning o‘zi keyinchalik ishonchli immunitet hosil qilmaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum