Leyshmanioz qanday kasallik?

Leyshmanioz qanday kasallik?

Bu kasallik Leishmania paraziti sababli yuzaga keladi va odatda zararlangan qum pashshasi chaqishi orqali yuqadi.

Kasallikning asosiy turlari:

Teri leyshmaniozi — terida yara, tuguncha yoki uzoq bitmaydigan jarohatlar paydo bo‘ladi. Ba’zan chandiq qoldiradi.
Shilliq qavat leyshmaniozi — burun, og‘iz va tomoq to‘qimalarini zararlashi mumkin.
Ichki a’zolar leyshmaniozi (visseral) — eng xavfli turi. Jigar, taloq va qon tizimini zararlaydi.Davolanmasa, hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Qanday belgilar kuzatiladi?

Uzoq davom etadigan isitma;
Ozib ketish va holsizlik;
Qorin kattalashishi;
Teri ustida bitmaydigan yaralar.

Davolash mumkinmi?

Ha, leyshmaniozning ko‘p turlarini maxsus dorilar bilan davolash mumkin. Davolashni shifokor belgilaydi. Ayniqsa, ichki a’zolar zararlangan bo‘lsa, tezda tibbiy yordam olish muhim.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum