🧠 MENINGIT — XAVFLI KASALLIK!

🧠 MENINGIT — XAVFLI KASALLIK!

Meningit — bosh miya va orqa miyani o‘rab turuvchi pardalarning yallig‘lanishi bo‘lib, viruslar yoki bakteriyalar sababli yuzaga kelishi mumkin.

🔴 Asosiy belgilari:

— 🌡️ Tana haroratining ko‘tarilishi
— 🤕 Kuchli bosh og‘rig‘i
— 🤢 Ko‘ngil aynishi va qusish
— 🔒 Bo‘yin mushaklarining qotishi
— 😴 Hushyorlikning pasayishi

🛡️ Profilaktika choralari:
✅ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling.
✅ Xonalarni muntazam shamollating.
✅ Kasallik belgilariga befarq bo‘lmang.
✅ Shifokor tavsiyasiga ko‘ra emlaning.

⚠️ Muhim! Meningitga shubha tug‘ilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Kasallik tez rivojlanishi va hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Sog‘lig‘ingizni asrang — kasallikning oldini oling!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum