ONA TILIMIZ — MILLIY GʻURURIMIZ!

ONA TILIMIZ — MILLIY GʻURURIMIZ!

🗓 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Ona tili — millatning ruhi, ma’naviyati va milliy o‘zligining ifodasidir. O‘zbek tili — bizning faxrimiz, boyligimiz va avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho merosimizdir.

1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bugun bu sana tilimizni e’zozlash, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazishga bo‘lgan mas’uliyatimizni yana bir bor eslatadi.
✨ Tilimizni qadrlaylik, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llaylik, ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yuksak tutaylik!
❗️ Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Kanalga obuna bo‘lish 👇

📱https://t.me/sanepidqashvil

🌐 Telegram