Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Epidemiologiya va Immunoprofilaktika boʻlimi epidemiolog vrachlari tomonidan gepatit A kasalligi qayd etilgan 70-maktab va Qarshi OSHPda epidemiologik surishtiruv oʻtkazildi.Gepatit A kasalligi,uning kelib chiqish sabablari,profilaktikasi haqida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi hamda kasallik oʻchogʻida bajarilishi kerak boʻlgan barcha tadbirlar toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, maktabda dezinfeksiya tadbirlari ham oʻtkazildi.