MAKTABLAR O‘QUV YILIGA TAYYORMI? GEPATIT A PROFILAKTIKASIGA E’TIBOR QARATING!

🏫 MAKTABLAR O‘QUV YILIGA TAYYORMI?
🦠 GEPATIT A PROFILAKTIKASIGA E’TIBOR QARATING!

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida maktablarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish juda muhim.

⚠️ Gepatit A iflos qo‘l, suv va oziq-ovqat orqali yuqishi mumkin.
🧼 Profilaktika uchun:
• Qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish

• Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish

• Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash

• Hojatxonalarni toza saqlash va muntazam dezinfeksiya qilish

• Sinfxona va umumiy foydalanish joylarini tozalash

• Kasallik belgilari kuzatilganda shifokorga murojaat qilish

• Shifokor tavsiyasiga ko‘ra gepatit A ga qarshi emlanish

📌 Unutmang: oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish gepatit A tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

💚 Sog‘lom maktab — sog‘lom avlod garovi!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum