sayyor qabul

📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan Toshkent shahar boshqarmasida tadbirkorlar va fuqarolarni qiynayotgan sanitariya-epidemiologik masalalarni hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔷Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan qabul davomida 20 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda amaldagi tartib-taomillar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

‼️Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi.

⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati

📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt