🌡️ Issiq havoda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalari

🌡️ Issiq havoda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalari

Yozning issiq kunlarida oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri saqlash sog’lig’ingizni himoya qilishning muhim omilidir.

✅ Tez buziladigan mahsulotlarni (go’sht, sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum) +2°C dan +6°C gacha bo’lgan haroratda muzlatkichda saqlang.
✅ Tayyor ovqatni xona haroratida 2 soatdan ortiq qoldirmang. Havo harorati +32°C va undan yuqori bo’lsa, bu vaqt 1 soatgacha qisqaradi.
✅ Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving.
✅ Oziq-ovqatlarni yopiq idishlarda saqlang va xom hamda tayyor mahsulotlarni alohida joylashtiring.
✅ Mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga e’tibor bering.
✅ Safarga chiqqanda tez buziladigan mahsulotlarni termo sumka yoki sovutgichli konteynerda olib yuring.
⚠️ Noto’g’ri saqlangan oziq-ovqatdan zaharlanish xavfi ortadi. O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun oddiy qoidalarga amal qiling!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum