🐟 Baliq mahsulotlarini toʻgʻri tanlash va saqlash qoidalari

🐟 Baliq mahsulotlarini toʻgʻri tanlash va saqlash qoidalari


Sifatli va yangi baliq mahsulotini tanlash sogʻlom ovqatlanishning muhim qismidir. Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

✅ Tanlashda eʼtibor bering: • Baliqning koʻzlari tiniq va boʻrtib turgan boʻlishi kerak. • Jabralari qizil yoki pushti rangda boʻlishi lozim. • Goʻshti tarang va bosilganda tezda oʻz holatiga qaytishi kerak. • Hidi yoqimli, dengiz yoki chuchuk suvga xos boʻlishi, oʻtkir va yoqimsiz hid boʻlmasligi zarur. • Muzlatilgan mahsulotlarda qalin muz qatlami yoki qayta muzlatilganlik belgilari boʻlmasligi kerak.
❄️ Saqlash qoidalari: • Yangi baliqni 0–4°C haroratda saqlang va imkon qadar 1–2 kun ichida isteʼmol qiling. • Muzlatilgan baliqni −18°C yoki undan past haroratda saqlang. • Muzdan tushirilgan baliqni qayta muzlatmang. • Xom baliqni boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida saqlang. • Tayyorlashdan oldin qoʻllar, pichoq va taxtachani yaxshilab yuving
.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum