Visseral leyshmanioz (kala-azar) — Leishmania parazitlari chaqiradigan og’ir yuqumli kasallik bo’lib, kasallikni yuqtirgan qum pashshasi (sandfly) chaqishi orqali yuqadi. Davolanmasa hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin.
Belgilari
Uzoq davom etadigan yoki takrorlanuvchi isitma
Holsizlik va ozib ketish
Ishtahaning pasayishi
Qorin chap yoki o’ng tomonida kattalashgan taloq va jigar
Kamqonlik (anemiya)
Oqartan qon hujayralari va trombotsitlar kamayishi, natijada tez-tez infeksiyalar va qonashga moyillik.
Tashxis
Kasallik quyidagilar orqali aniqlanadi:
Qon tahlillari
Maxsus serologik (tezkor) testlar
Zarurat bo’lsa, suyak iligi yoki boshqa to’qimalardan namuna olib parazitni aniqlash.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum