27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotomuxbirlar va ommaviy axborot vositalari sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha xodimlarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan tabriklayman!
Sizlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingiz tufayli jamiyat haqqoniy, tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlanmoqda. Kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz, xolisligingiz va fidoyiligingiz doimo yuksak e’tirofga loyiq.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ilhom, ijodiy parvozlar va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I.B.Mashtinov
Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum