Yod yetishmasligining oqibatlari

Yod yetishmasligining oqibatlari

Yod yetishmasligi organizmda qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishining kamayishiga olib keladi.Buning oqibatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Buqoq (zob) – qalqonsimon bez kattalashadi.
Gipotireoz – qalqonsimon bez faoliyati susayadi, natijada:
holsizlik va tez charchash,
uyquchanlik,
sovuqqa sezgirlikning ortishi,
vazn ortishi,
terining quruqlashishi kuzatiladi.

Bolalarda o‘sish va rivojlanishning sekinlashishi.

 

Aqliy rivojlanishning buzilishi

-ayniqsa homiladorlik davrida yod yetishmasa, bolaning intellektual rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Xotira va diqqatning pasayishi.

Homiladorlik asoratlari

– tushish, muddatidan oldin tug‘ruq yoki homila rivojlanishidagi muammolar xavfi ortadi.

Yod yetishmasligining oldini olish uchun yodlangan tuzdan foydalanish, dengiz mahsulotlari, baliq, sut va tuxum kabi yodga boy mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum