Gepatit D nima uchun faqat B bilan birga uchraydi?

🦠 Gepatit D nima uchun faqat B bilan birga uchraydi?

Gepatit D “yakka o‘zi yashay olmaydigan” virus hisoblanadi. U ko‘payishi uchun albatta Gepatit B virusining sirt antigeni (HBsAg) kerak bo‘ladi.

Shuning uchun:
Gepatit B bo‘lmasa → Gepatit D yuqmaydi
Gepatit B bor bo‘lsa → Gepatit D qo‘shilishi mumkin

🔄 Yuqish yo‘llari

Ikkalasi ham bir xil yo‘l bilan yuqadi:
Qon orqali (igna, shprits, tibbiy asboblar)
Jinsiy aloqa orqali
Onadan bolaga (kamroq)

⚠️ Koinfeksiyaning xavfi

Gepatit B + D birga bo‘lsa:
Jigar yallig‘lanishi tez va og‘ir kechadi
Siroz tez rivojlanishi mumkin
Jigar yetishmovchiligi xavfi yuqori
Jigar saratoni (hepatosellyulyar karsinoma) xavfi oshadi
Ayniqsa Gepatit D qo‘shilganda kasallik “agressiv” bo‘lib qoladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum